
Paralimpiyachilarimiz Londondagi Jahon Chempionatini oltin medal bilan boshladi
Bugun London-2017 Jahon Chenpionatida erkaklar o‘rtasida engil atletikaning disk otish turi bo‘yicha ishtirok etgan hamyurtimiz Husnuddin Norbekov 54.73 natijasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikkinchi marotaba Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Bundan oldin 2015 yil Qatar poytaxti Doha shaxrida bo‘lib o‘tgan para-engil atletika Jahon chempionatida xam Xusnuddin Norbekov 53.81 natijasi bilan Jaxon chempioni bo‘lgan edi. Endilikda Husnuddin Norbekov 23 iyul kuni yadro uloqtirish bo‘yicha ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz mazkur chempionat 10 kun davom etadi va 1056ta sportchilar 213ta medalli o‘rinlar uchun kuch sinashadilar. Shular orasida hamyurtlarimizdan 7 nafari yadro uloqtirish, nayza otish, yugurish, uzunlikga sakrash musobaqalarida ishtirok etadilar.
Fikrlar