Paraosiyo o‘yinlari. Fotima jahon rekordini o‘rnatdi yoxud suzuvchilarimizdan medallar shodasi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda Indoneziyada paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bundan biroz avval 100 metrga yugurish bahslarida Doniyor Ahmedov 11:26 natija bilan marraga birinchi bo‘lib etib keldi va oltin medal sohibiga aylandi!

Erkaklar o‘rtasida kompleks usulga suzish bahslarida esa Dmitriy Xorlin Osiyo rekordini yangiladi. Firdavsbek Musabekov esa marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi. Bu yo‘nalishda ham oltin va kumush medallar o‘zbek sportchilariga nasib etdi!

Kompleks usulda suzish. 200 metrga ayollar o‘rtasidagi bahslarda Fotima Omilova 02:21.82 natija bilan marraga birinchi bo‘lib etib keldi va jahon rekordini o‘rnatdi. Undan keyingi o‘rinni Shohsanamxon Toshpo‘latova egalladi. Demak, ayollar o‘rtasidagi bahslarda oltin va kumush medalga ega chiqdik!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!