Paulino o‘z kelajagi borasida gapirib o‘tdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Paulino o‘z kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
“Menga Xitoy klubidan jiddiy taklif bo‘lmoqda, ammo hozircha “Barselona”dan ketishim aniq emas. Men bu borada agentim bilan gaplashib olishim kerak”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Paulino “Barselona” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubidan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar