"Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" o‘yinida qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi
14 oktyabr kuni "Paxtakor" oliy liganing 24-tur o‘yinida "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi.
Mazkur uchrashuvga tashrif buyugan muxlislar jamoalarning keskin to‘qnashuvidan tashqari 2ta "IPhone 7 32 GB" telefoni va 3 dona "Artel" televizorlariga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
O‘yinning tanaffus payti va uchrashuv yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladigan aktsiyada chipta va abonement sohiblari ishtirok etishadi. "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" o‘rtasidagi uchrashuv 14 oktyabr kuni 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Chiptalar stadion kassalarida juma kunidan 10 va 20 ming so‘mdan sotuvga chiqariladi.
Kassa.uz saytidagi quyidagi havola orqali ham chiptalarni elektron tarzda xarid qilish mumkin:

Fikrlar