Pele: Mbappe rekordlarimni urishda davom etsa, butsalarimni olishga majbur bo‘laman
Braziliya futboli afsonasi Pele Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe haqida o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.
19 yoshli futbolchi JCh–2018 turnirining eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi. Mbappe Peledan keyin JCh finalida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida tarixda qoldi.
“Agar Kilian shunday o‘ynayda va rekordlarimni urishda davom etsa, men butsalarimni olishga majbur bo‘laman”, – deb yozdi Pele “Tvitter”dagi sahifasiga.



Fikrlar