
Pentek "Milan"da Birxoffning tarixiy rekordini takrorladi
"Milan" forvardi Kshishtof Pentek kecha A Seriyaning “Empoli”ga qarshi bahsda gol urdi va afsonaviy Oliver Birxoffning tarixiy rekordini takrorladi. Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.
Gap shundaki polshalik futbolchi “rossonerilar” safiga ko‘chib o‘tgach A Seriya doirasida o‘tkazilgan dastlabki 4ta bahsning barchasida gol ura olgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Birxoff ushbu rekordni 1998 yilgi mavsumda o‘rnatgan edi. Agar Pentek kelasi shanba “Sassuolo”ga qarshi bo‘ladigan bahsda ham gol ursa, u bu borada mutlaq rekordchiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Pentek “Milan” safiga joriy qishki transferlar davrida 35 mln evro evaziga “Jenoa”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar