Pep Gvardiola – APLning fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi

 

“Manchester Siti” jamoasi ustozi Pep Gvardiola APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Ispaniyalik mutaxassis qo‘li ostida “shaharliklar” o‘tgan oyda 3 ta o‘yindan 3 tasida zafar quchdi. Mazkur o‘yinlarda “Manchester Siti” 8 ta gol urib, o‘z darvozasidan 1 ta gol olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, ayni damda “Manchester Siti” 56 ochko bilan to‘plar nisbati bo‘yicha “Tottenxem”ga imkoniyatni boy bergan holda 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!