Pepsi Superliga: 13-turning boshlanish vaqtlari – “Buxoro” o‘yini 26 mayga ko‘chirildi
Aslida Pepsi Superliganing 13-turi ikki kunda uchtadan tarzda o‘tkazilishi belgilangan edi. Unga ko‘ra “Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvi ham 25 mayda o‘tishi lozim edi. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra mazkur uchrashuv 26 mayga ko‘chirildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Sababi, Milliy terma jamoamizning Eronda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi munosabati bilan o‘zgartirish kiritilgan 12-turda “Buxoro” 22 may kuni vodiyda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashmoqda. Aynan shu turdagi o‘zgarishlar tabiiyki, 13-turga ham ta’sirini ko‘rsatmoqda. Oldindan belgilangan taqvim bo‘yicha buxoroliklar 25 mayda o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qilishi lozim edi. Biroq vodiydan, tog‘ osha Buxoroga etib borguncha kamida bir yoki bir yarim kun kerak bo‘ladi. Muhim uchrashuvga jismoniy charchoq holda tushishning oldini olish maqsadida “Buxoro” klubi mutasaddilari PFLga rasmiy iltimos bilan chiqishdi. O‘z o‘rnida PFL rahbarlari ham buni inobatga oldi.
13-tur
25 may (juma)
“Neftchi” - “So‘g‘diyona” 18:49
“Paxtakor” – “Bunyodkor” 18:59 (live)
26 may (shanba)
“Buxoro” – “Nasaf” 19:21 (live)
“Navbahor” – AGMK 18:50
“Metallurg” – “Lokomotiv” 19:00
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” 19:19

Fikrlar