
Pepsi Superligada 14-tur o‘yinlari yakunlandi
Bugun Pepsi Superligasida qoldirilgan 14-turdan o‘rin olgan 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki o‘yini Toshkentda kechdi. Unda "Lokomotiv" Namanganning "Navbahor"ini qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shundan so‘ng "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishldilar.
Turning eng oxirgi o‘yini esa Qarshida bo‘lib o‘tdi. Mahalliy "Nasaf" klubi Navoiyning "Qizilqum" klubi bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda nursiz durang qayd etildi.
Fikrlar