Peres Ronaldu uchun xayrlashuv marosimini o‘tkazishni ta’qiqladi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa forvardi Krishtianu Ronaldu uchun xayrlashuv marosimini o‘tkazishni ta’qiqladi.
Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbari 33 yoshli portugaliyalik futbolchining so‘nggi paytdagi xatti-harakatlarini aynan mana shu yo‘l bilan jazolamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Real”dagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng “Yuventus”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Fikrlar