
Petr Chex TsSKAga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Xabaringiz bor Londonning “Arsenal” klubi darvozaboni Petr Chex kecha jarohati sabab premer-liganing “Stok Siti”ga (3:0) qarshi bahsini o‘tkazib yuborgan edi.
Uning o‘rniga shu kuni “kanonirlar” darvozasini David Ospina qo‘riqladi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha chexiyalik tajribali posbon joriy hafta UEFA Evropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan Moskvaning TsSKA klubiga qarshi o‘yinda ham ishtirok eta olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, “Arsenal” hamda TsSKA jamoalari o‘rtasidagi bahs 5 aprel kuni Londondagi “Emireyts” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar