
Petr Chex hali APLda hech bir darvozabon qilmagan ishni qildi
Xabaringiz bor bundan biroz muqaddam Angliya premer-ligasining 30-turida «Arsenal» o‘z maydonida «Uotford»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, shu kuni “kanonirlar” darvozasini qo‘riqlagan posbon Petr Chex o‘zining APLdagi quruq o‘yinlari sonini 200taga etkazib oldi. Ta’kidlash lozimki, 35 yoshli chexiyalik darvozabon musobaqa tarixida ushbu natijani qayd etgan ilk futbolchi bo‘ldi. U bu borada eng yaqin ta’qibchisi Devid Jeymsni (169ta) naqd 31ta o‘yinga ortda qoldirmoqda.
Ayni damda Chexning APLda to‘p surayotgan bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi Jo Xart (“Vest Xem”) hisoblanadi. Angliyalik posbon premer-liganing 122ta o‘yinida boshini baland ko‘targan holda yakunlagan.
Fikrlar