
Pike bugun "Valyadolid"ga qarshi o‘zining tarixiy uchrashuvini o‘tkazadi
Yana bir necha soatlardan so‘ng boshlanadigan "Valyadolid" - "Barselona" uchrashuvi "ko‘k-anor ranglilar" himoyachisi Jerar Pike uchun tarixiy bahsga aylanadi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu uchrashuv 31 yoshli futbolchi uchun La Liga doirasidagi yubiley 300-o‘yin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Pike ushbu o‘yinlarning 277tasini "Barselona" libosida o‘tkazgan bo‘lsa, qolgan 22tasini 2006/2007 yilgi mavsumda "Saragosa" safida ijarada o‘ynab yurgan paytida o‘tkazgan.
Fikrlar