
Pochettino: "Tottenxem" Keynsiz ham g‘alaba qozona oladi
Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bugun bo‘lib o‘tadigan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra “shporlar” bugungi bahsda Keynsiz ham g‘alaba qozona olishadi.
“Bugun bizning to‘purarimiz, Evropaning eng kuchli hujumchilaridan biri bo‘lgan Xarri Keyn ushbu muhim o‘yinni o‘tkazib yuborishidan afsusdaman. Lekin biz avval ham Xarrisiz o‘ynaganmiz. Bizda Fernando Lorente bor. Esingizdami, o‘tgan mavsum ham Keyn jarohat olganida biz Son Xin Mindan qanday foydalanganmiz”, - deydi Pochettino.
Eslatib o‘tamiz, APLning 10-turini boshlab beruvchi “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Fikrlar