Pogba AQSh klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 03.02.2019 14:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi xavbeki Pol Pogbaning katta akasi Florentin Pogba  "Atlanta" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 28 yoshli futbolchi AQSh klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.  Endi transferni rasman yakunlash uchun Pogba o‘zining so‘nggi jamoasi hisoblangan "Genchlerbirligi" klubidan xujjatlarni olishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Pogba professional faoliyatini 2011 yil "Sedan" klubida boshlagan. U shuningdek Gvineya terma jamoasida ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!