
Pogba Frantsiya terma jamoasi ixtiyoriga bormaydi, chunki...
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar ustozi Joze Mourino Pogbaning yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida Frantsiya terma jamoasi ixtiyoriga bormasligini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba o‘tgan hafta EChLning “Yuventus”ga (2:1) qarshi bahsida jarohat olgan edi. Shu bois u kecha bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti”ga (1:3) qarshi bahsni ham o‘tkazib yubordi.
Fikrlar