
Polshada hakam futbolchining hayotini saqlab qoldi (video)
Voqea "Blenkitni Stargard" hamda "Olimpiya Elblong" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtasidagi bellashuv vaqtida ro‘y berdi.
"Blenkitni" jamoasi a’zosi Mixal Tsuvinskiga yakkakurashlarning birida havo etishmay qoladi. Hakam esa unga maydonning o‘zida bevosita birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatadi.
Qayd etish joiz, Tsuvinski bundan oldingi o‘yinlarda olgan jarohatlari evaziga apnoe ya’ni ko‘krak qafasi siqilishiga uchragan edi.
Hakamning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordami evaziga ko‘ngilsiz voqea yuz bermadi va futbolchi o‘yinni davom ettirdi.
Fikrlar