Poytaxtimizdagi professional janglar oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
Xabaringiz bor, 5 may kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha professional janglar tashkil etiladi.
Mazkur janglarda O‘zbekiston, Tanzaniya, Rossiya, Gruziya va Indoneziyadan bokschilar ringga chiqadi. Kechada 8 ta jang tashkil etilib, ulardan 3 tasi asosiy va 5 ta andekard to‘qnashuvlari hisoblanadi.
> Boks kechasining barcha juftliklari bilan tanishing
Ertaga, 4 may soat 10:00da “Radisson Blu” mehmonxonasida mazkur janglar oldidan murabbiylar, bokschilar va OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Kechki soat 18:00da “Next”da ochiq mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy jangida professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Vladimir Chudinovga qarshi WBC Silver kamari uchun bahs olib boradi.

Fikrlar