Prevyu: “Qo‘qon-1912” – “Mash’al”

  • 16.09.2017 12:35
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun «Mash’al» «Qo‘qon-1912”» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar oliy ligada 11 bora to‘qnash kelishgan. “Mash’al” oltita bahsda g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” hisobida 2 ta g‘alaba mavjud. To‘plar nisbati 19-10 muborakliklar foydasiga. “Mash’al” o‘zaro o‘yinlarda 21 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912”da 9 ochko bor.

Qo‘qonda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

04.11.2016 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 1:1

12.09.2015 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 2:1

07.05.2003 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 0:2

13.04.2002 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 3:1

14.10.1995 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 0:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Qo‘qon-1912” maydonida bo‘lib o‘tgan beshta o‘yinning ikkitasida mezbonlarning qo‘li baland kelgan. Ikki uchrashuvda durang qayd etilgan. Bir bor Muborak klubi safardan g‘alaba bilan qaytgan.

Hakamlar

Shanba kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvini Jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri – Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi, ikkalasi ham Toshkent shahridan. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Jasur Muxotorov ishlaydi. Hakamlar ishini Oleg Dachev nazorat qiladi.

Uchrashuvga PFL vakili sifatida Ahrol Inoyatov tashrif buyuradi.

Oliy liga

21-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Mash’al» (Muborak)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)

Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

Boshlanish vaqtlari

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvi 16 sentyabr, shanba kuni soat 16:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!