
Puyol "Real"ni qutladi, "Barselona"ga maslahat berdi
“Barselona” klubi sobiq sardori Karles Puyol EChL final uchrashuvida “Real Madrid” “Liverpul”ni mag‘lub etganidan so‘ng “ko‘k-anor ranglilarga” qarata maslahat berdi.
- “Qirollik klubi”ga mening tabriklarim! 5 yil ichida EChLda 4 g‘alaba hech kimga nasib qilmagan. “Barselona” bu borada samaradorlikni oshirishi lozim, - deya Puyol tvitterdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Ma’lumot uchun, “Barsa” ushbu vaqt mobaynida 3 marotaba ChL g‘olibi va 3 marta primerada g‘alabani qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda Valverde shogirdlari EChLning ¼ finali doirasida “Roma”ga mag‘lub bo‘lishdi.
Puyol – chempionlar ligasining 3 karra g‘olibi va 6 karra Ispaniya chempioni.
Fikrlar