Qatar klubi Yaponiya terma jamoasi futbolchisini 35 mln evroga sotib oladi

  • 30.01.2019 11:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyaning “Portimonense” klubi yarim himoyachisi Seya Nakazima faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi “Al-Duxayl” bilan shartnoma imzolaydi. Uning transferi esa 35 million evroga baholanmoqda.

Biroq, berilgan ma’lumotlarga qaraganda Nakazima keyinroq PSJga ko‘chib o‘tadi. Parijliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu transferni amalga oshirmaganliklarining boisi ayni damda ular UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslikka harakat qilishmoqda.

Qayd etish lozimki, “Al-Duxayl” ham, PSJ ham qatarlik biznesmen Nosir Al-Xelayfiga tegishli hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!