
Qatar terma jamoasi Osiyo kubogi bilan Doha bo‘ylab sayr qildi (foto)
Kecha oqshom Qatar terma jamoasi a’zolari Osiyo kubogi-2019 dagi chempionlikdan so‘ng o‘z vatanlariga qaytib borishdi. Ularni Ummondan olib kelish uchun Qatar Airways aviakompaniyasi rahbari Akbar Al-Beyker ularni mahsus samolyot jo‘natdi.
G‘oliblarni Qatar Amiri Shayh Tamim bin Hamad Al-Tani o‘z oila a’zolari bilan kutib olib, barchani mazkur nufuzli turnirda qo‘lga kiritilgan chempionlik bilan samimiy qutladi.
So‘ng futbolchilar muxlislarga to‘la Doha ko‘chalari bo‘ylab usti ochiq avtobuslarda kubokni ko‘z-ko‘z qilib aylanishdi.
Fikrlar