Qilichbozlik federatsiyasi bilan Tokio Olimpiadasi rejalari muhokama qilindi

  • 24.11.2018 16:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Xabaringiz bor, shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasida mamlakatimizdagi sport federatsiya va assotsiatsiyalari bilan yig‘ilishlar tashkil qilinmoqda. Bungacha engil atletika, boks, dzyudo, og‘ir atletika, gimnastika, suv sporti, gandbol, basketbol kabi sport federatsiyalari vakillari bilan Tokio 2020 Olimpiadasi uchun ishlab chiqilgan strategiya muhokama qilindi.

Milliy olimpiya qo‘mitasidagi navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi vakillari bilan o‘tkazildi. Sir emaski, qilichbozlik sport turida Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritish oson bo‘lmagan vazifalardan biri hisoblanadi. Ammo, Tokio Olimpiadasi uchun maqsadlar jiddiy. O‘tkazilgan yig‘ilishda qilichbozlarimizning tayyorgarlik rejalari, xorijiy etakchi mamlakatlar tajribasini sinab ko‘rish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi turnirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan qilichbozlarimizning bungacha o‘tkazilgan musobaqalardagi natijalari tahlil qilindi.

MOQ rasmiy saytidan olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!