“Qo‘qon-1912” – “Sho‘rtan” uchrashuvini Aziz Asimov boshqarib boradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Qo‘qon-1912” jamoasi navbatdagi o‘yinni o‘z maydonida “Sho‘rtan”ga qarshi o‘tkazadi. O‘zbekiston professional futbol ligasi 23-turda ishlaydigan hakamlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, shanba kungi uchrashuvimizni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Aziz Asimov ushbu mavsumda ikki marta jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvda ishlagan.

Ushbu referi 2-tur doirasidagi “Obod” – “Qo‘qon-1912” o‘yinini hamda 15-turdagi “Olmaliq” – “Qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvini boshqargan.

Oliy liga, 23-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), B. Yulcharaev (Guliston)

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: G. Rtveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!