"Qo‘qon-1912" – "Sho‘rtan" uchrashuvining vaqti o‘zgardi
Oliy liga 23-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» – «Sho‘rtan» uchrashuvi ertaga, 30-sentyabr kuni soat 15:45 da boshlanadigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda qo‘qonliklar matbuot xizmati.
Avvalroq ushbu uchrashuv soat 16:00da boshlanishi belgilangan edi.
Bugun «Qo‘qon-1912» – «Sho‘rtan» uchrashuviga tayinlangan nazoratchi va hakamlar hamda har ikki jamoa vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda uchrashuvni belgilanganidan 15 daqiqa oldin boshlashga qaror qilindi.

Fikrlar