
"Qo‘qon-1912" futbolchilari qisqa muddatli ta’tilga chiqishdi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Lokomotiv"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Qo‘qon-1912" futbolchilariga qisqa muddatli ta’til berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy liga taqvimidagi tig‘izlik tufayli dam olmagan qo‘qonliklar, navbatdagi tur o‘yinlaridan oldin 3 kun dam oladigan bo‘lishdi.
Jamoa navbatdagi tur o‘yinini safarda "Buxoro"ga qarshi o‘tkazadi. Murabbiylar shtabi "Buxoro"ga qarshi tayyorgarlikni 29 oktyabrdan boshlanishini e’lon qilishgan. Shu kuni No‘’mon Hasanov shogirdlari Toshkent shahrida yig‘ilishadi hamda navbatdagi bellashuvga tayyorgarlikni olib borishadi.
Fikrlar