
"Qo‘qon-1912" legioneri Nikola Valentich Serbiyaga jo‘nab ketdi
O‘tgan mavsumda yaxshi o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Nikola Valentich o‘z yurtiga jo‘nab ketdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, serbiyalik himoyachi Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”dagi g‘alabada o‘zining munosib hissasini qo‘shgandi. Lekin Nikola Valentichga tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra shifokorlar futbol o‘ynashga ruxsat berishmadi. U davolanishi lozimligini aytishdi. Shu bois himoyachi Serbiyaga qaytib ketdi.
Nikolaga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Jamoamiz ko‘rigida bo‘lib turgan yana bir serbiyalik hujumchi Filip Rayevats xususida to‘xtaladigan bo‘lsak. Unga birinchi tibbiy ko‘rikdan so‘ng shifokorlar takroriy ko‘rikka tavsiya qilishdi. Shuning uchun u maydonga tushgani yo‘q. Alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Fikrlar