"Qo‘qon-1912"ning ikki futbolchisi Osiyo chempionati saralashiga chaqirildi

  • 12 iyul, 2017, 09:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bugun BAAga jo‘nab ketadi.

15-19 iyul kunlari BAAning Dubay shahrida kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslari “D” guruhi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu saralash guruhida mezbon BAA, O‘zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar termalari Osiyo Chempionati final bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur saralash turniriga jami 22 nafar futbolchini jalb etgan. Ular orasida “Qo‘qon-1912”ning ikki nafar a’zosi ham bor. Bular Javohir Sidiqov va Andrey Sidorovlar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!