Qozog‘iston 2030 yilgi qishki Olimpiadani qabul qilishga ariza berishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayrim OAVlarda Qozog‘iston 2026 yilgi qishki Olimpiadaga mezbonlik qilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabarlar yuzasidan Qozog‘iston MOQ vitse-prezidenti Andrey Kryukov rasmiy bayonot berdi. 

Unga ko‘ra, mamlakat 2026 yilgi o‘yinlarni qabul qilishga da’vogar davlatlar orasida bo‘lmaydi. Biroq 2030 yilgi Olimpiada uchun kurashishi mumkinligi aytib o‘tilgan. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Olma-ota shahri 2022 yilgi qishki Olimpiadaga mezbonlik uchun jiddiy kurash olib borgan va yakunda Pekin shahriga 4 ovoz imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

2026 yilgi musobaqaga mezbon shahar kelasi yili ma’lum qilinadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!