Qozog‘istonlik murabbiy yarim final oldidan Shahram G‘iyosov haqida nimalar dedi?

  • 30 avgust, 2017, 18:49
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. 69 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov yarim finalda qozog‘istonlik Ablayxan Jusupovga qarshi ringga chiqadi. Sports.kz sayti esa mazkur jang oldidan boks bo‘yicha Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Galim Kenjabaev bilan qozog‘istonlik bokschining Shahram bilan jangdagi imkoniyatlari borasida kichik suxbat uyishtirdi.

– Ablayxan kecha hakamlarning turli  qarorlari bilan venesuelalik Gabriel Mestre Peres ustidan g‘alaba qozondi. Siz bu jangga qanday izoh berasiz?

– Ko‘rinib turdiki, Ablayxan bu jangda ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. Bunga uning italiyalik bokschi bilan jangda olgan jarohati sabab bo‘ldi. U kecha tezkor va aniqlik bilan harakat qildi. Murabbiylar kecha venesuelalik raqibga qarshi juda to‘g‘ri taktika tanladi.

– Keyingi bosqichda esa ishonch bilan jang o‘tkazayotgan Shahram G‘iyosovga qarshi bahs yuritadi. Bu o‘yinda Jusupovning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

– G‘iyosovga qarshi bahs juda og‘ir o‘tadi. Bu shubhasiz. O‘zbek bokschisi ajoyib formada va uning Germaniyaga faqat g‘alaba uchun kelganini aniq. Ablayxan barcha kuchini ishga solishi lozim. Orada bir kunlik kichik ta’til bor va murabbiylar bilan Shahramga qarshi bahsda to‘g‘ri taktika tanlay olishsa bo‘lgani.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!