"RB Leyptsig" evrokuboklarning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi debyutanti bo‘ldi

  • 16 mart, 2018, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek Germaniyaning “RB Leyptsig” klubi kecha UEFA Evropa ligasi nimchorak final javob bahsida “Zenit” mehmoni bo‘ldi va 1:1 hisobida durang qayd etdi. O‘z maydonida qozongan 2:1 hisobidagi g‘alaba evaziga Bundesliga vitse-chempioni musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, “Leyptsig” o‘z tarixida ilk marta Evropa ligasi chorak finaliga chiqish bilan bir qatorda evrokuboklarning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi debyutanti nomini ham qo‘lga kiritdi. Boisi, so‘nggi marta bunday ajoyib startni 2007/08 yilgi mavsumda Ispaniyaning “Xetafe” klubi qayd etgan edi. O‘shanda ushbu jamoa ham chorak finalga qadar etib kela olgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, “Leyptsig” jamoasida “Xetafe”ning ko‘rsatgichini yaxshilash imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!