
Rafael Nadal chorak finalda Marin Chilichni sinovdan o‘tkazadi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Toronto shahridagi "Masters" turnirida yakkalik bahslarining chorak finaliga chiqdi.
Rafael musobaqaning uchinchi davrasida shveytsariyalik Sten Vavrinkani dastlabki setda 7:5 hisobida, ikkinchi setda esa tay-brekda mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Nadal "Rogers Cup"ning chorak finalida xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar