Rakitich uchun "Bavariya" ham kurashga qo‘shildi

  • 22.02.2019 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun "Bavariya" ham kurashga qo‘shilgan. Myunxenliklar mavsumlar oralig‘ida uni sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitichga shuningdek Milanning “Inter” klubi ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!