Ramos La Ligada muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan angliyalik futbolchi kimligini aytdi

  • 15.10.2018 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Angliya terma jamoasi safidagi La Ligada muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan futbolchi kimligini aytdi. Bu haqda Bleacher Report Football nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 32 yoshli futbolchi jurnalistlarning ayni damda qaysi ingliz futbolchisi Primeroda o‘ynay olishi mumkinligi haqida berilgan savoliga quyidagicha javob berdi: “Keling, Xarri Keyndan boshlaymiz”.

Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!