Ramosning obro‘si yangi keladigan murabbiy uchun katta to‘siqmi?

  • 6 noyabr, 2018, 20:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Real Madrid» sardori ko‘pchilikning fikricha maydondan tashqarida katta obro‘ga ega, shu sababli unga qarshi bo‘lishdan ko‘ra u bilan birga bo‘lgan afzalroq. Klubga keladigan yangi bosh murabbiy mana shu faktorni ham hisobga olishi shartmi? Quyida bu mavzuni muhokama qilamiz.

Tecno

Xulen Lopetegining klubdagi past ko‘rsatkichlari tufayli iste’foga chiqishida Serxio Ramosdan uning qo‘llab-quvvatlashi yordam berish-bermasligi haqida savolga tutildi. «Meni fikrimni so‘rashsa aytaman. Ammo mening fikrim murabbiyning ishida davom etishiga jiddiy ta’sir qiladi deb o‘ylamayman.» – dedi ispaniyalik himoyachi.

Bu esa amalda o‘z isbotini topdi desak bo‘ladi. O‘tgan yakshanba kungi «El Klassiko»dan keyin Ramos va boshqalarning qo‘lllab-quvvatloviga qaramay Lopetegi o‘z lavozimidan ozod etildi.

«Real Madrid» sardori ko‘pchilikning fikricha maydondan tashqarida katta obro‘ga ega, shu sababli unga qarshi bo‘lishdan ko‘ra u bilan birga bo‘lgan afzalroq.

Ammo Ramos va uning jamoadoshlari jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan vaziyatlar ham bo‘lgan.

Mourino bir vaqtlar uni «Barselona»ga qarshi o‘yinda noto‘g‘ri qaror qabul qilishda ayblagandi. Himoyachi esa murabbiyning bilimini shubha ostiga olib, u hech qachon yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatmaganini barchaga ma’lum qilgandi.

Mourinoning Ramos va keyinchalik sardor Iker Kasilyas bilan munosabatlari shu darajada sovuqlashib ketgandiki, ular 2013-yilda Florentino Peres oldiga borib «iyunda yo u ketadi, yo biz ketamiz» deya ultimatum qo‘yishgandi.

Ushbu xabar ma’lum vaqt matbuotda aylanib yurdi. Bu madridliklar ichki muhitining nechog‘lik darz ketgani, portugaliyalik murabbiyning bir qancha futbolchilari bilan munosabatlari jiddiy tus olgani hammaning og‘zidan tushmasdi.

Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? Ramosning 2015-yilda Iker Kasilyasning ketishi ortidan ta’siri borgan sari ortib bordi.

13 yil oldin «Sevilya»dan «Santyago Bernabeu»ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Madridda hatto klub prezidentidan ham ko‘p vaqt faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Klub xo‘jayini kiyinish xonasidagi muhitni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa albatta Ramosdan maslahat so‘ramoqda.

U maydonda va maydon tashqarisida «Real» etakchisi hisoblanadi. U bosh muzokarachi, eng muhim himoyachi va poytaxt matbuoti bosh figurasi. Kimdir «Real»ga «tosh otsa», Ramos birinchi bo‘lib javob qaytaradi.

U yangi transfer vakillari yoki klub akademiyalari tarbiyalanuvchilari bilan ko‘rishadigan birinchi futbolchi bo‘ladi. U «Real» uchun o‘ynash nima ekanligini yaxshilab tushuntirib beradigan futbolchi.

Stadionga tashrif buyurganlar Ramosning tayanchi hisoblanadi. Eng yaxshi futbolchilar ham hushtakbozlik qilinishi mumkinligini biladi va buni qabul ham qiladi.

Aynan u barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari Krishtianu Ronalduga nisbatan hushtakbozlik qilgan muxlislarni himoya qilib chiqqandi.

«Ular nega Krishtianuni hushtakbozlik bilan qarshi olishganini tushunaman. Nega bo‘lmasin? Ular menga ham shunday qilishgan.» – deya ta’kidlagandi jamoa sardori.

«Ular Manolo Sanchis, Kamacho, (braziliyalik) Ronaldo, Zidanlarga hushtakbozlik qilishgan. Muxlislar hammaga qarshi hushtakbozlik qilishgan.»

Madridliklar muxlislari Ramosni La Liganing so‘nggi turida «Valyadolid»ga qarshi o‘yin boshida va davomida ham hushtakbozlik bilan qarshi olishdi. Bu undan avvalgi turda «Kamp Nou»dagi kuchsiz o‘yiniga bildirilgan munosabat deya qabul qilish kerak.

Shuningdek, uning kelishi kutilayotgan Antonio Kontega nisbatan bildirgan fikrlari tanqid ostiga olinganini tushunish mumkin. Avtoritar, tartibli va tashkiliy jihatdan kuchli bo‘lgan Konteni Ramos kelishiga o‘ziga xos tarzda javob qaytargandi.

Biroq Ramos tanqidlardan saqlanishga immuniteti bor. Sababi u tanqidlarni qabul qilishga va murosa yo‘lini tanlashga usta.

Shu sababli ham yomon natijalardan keyin matbuot tanqidlaridan kamroq pand eydi. U yillar davomida bunga erishdi.

Ramos ehtimol maydonda murosa tanlamaydigan xarakterini namoyish qilar, biroq undan tashqarida himoyachi jamoa manfaati uchun yaxshi bo‘lgan yo‘lni tanlaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

U Kontening tayinlanishiga qarshi chiqqani Lopetegi tarafdori ekanligidan emas, albatta. Uning gaplari italiyalik mutaxassisning «Real»dagi ishi qiyinchilikka uchrashini ham anglatmaydi.

Oldingi murabbiylar kelgan vaqtda ham Ramos ularni yoqtirmasada klubga qo‘lidan kelganicha yordam berib kelgan.

U shunchaki sardor bo‘lish bilan birga, futbolchi ham. Yutqazishni emas g‘alaba qozonishni istaydi. Shuning uchun unga qarshi bo‘lgandan ko‘ra u bilan birga bo‘lgan afzal. Antonio Konte esa uning gaplaridan tegishli xulosa chiqarib olishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!