
Rasman! Golovkin va Alvares jangi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
O‘rta vazn toifasining WBC, WBA Super, IBF, IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin Saul Alvares bilan jangi 15 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni Alvaresning jamoasi Golovkinnig agentiga oxirgi taklif, mukofot pulining Saul foydasiga 57,5-42,5% nisbatdan taqsimlash borasida muzokaralar olib borgan. Gennadiy ushbu taklifga ijobiy javob qaytargan.
Ma’lumot uchun, Golovkin Alvaresga qarshi birinchi marotaba 2017 yilda ringga chiqgan, uchrashuv durang natija bilan yakunlangan
Fikrlar