Rasman! "Navbahor" legioneri klubni tark etdi
"Navbahor" klubining serbiyalik legioneri Nenad Inyats jamoa safini tark etdi. Bu haqda namangaliklar ustozi Ilom Mo‘minjonov Pepsi Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" jamoasiga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida aytib o‘tdi.
"Uchrashuv yakuniga etgach, serbiyalik hujumchi Nenad Inats bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qildik. Futbolchi bugun jamoa bilan xayrlashdi. O‘tgan vaqt davomida Inats jamoamizga yordam berdi. Shu sababli, klub rahbariyati va jamoa a’zolari nomidan unga kattakon rahmat aytamiz. Futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz. Rejamizga ko‘ra, jamoaga yangi futbolchilarni taklif etamiz. Ularni aynan kim ekanligi hozircha sir", - deb aytib o‘tdi Mo‘minjonov.

Fikrlar