Rasman! Pele “Monako” bilan shartnoma imzoladi

  • 07.07.2018 19:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Portugaliyaning "Riu Ave" klubi yarim himoyachisi Pele Gomesh faoliyatini "Monako"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli portugaliyalik futbolchi monakoliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. O‘z navbatida Pelening transferi “Monako”ga 10 mln evroga tushgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Pele yakunlangan mavsum "Riu Ave" safida jami 38ta bahsda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga 7ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!