Rasman! Vidal "Barselona"dan ketdi

  • 04.08.2018 17:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Aleish Vidal jamoaning AQShdagi qarorgohini tark etdi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 28 yoshli futbolchi “Sevilya” bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, Vidal “Barselona” safiga 2015 yil aynan “Sevilya”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 51ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!