
Rasman!"Manchester Siti" "Monako" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Joriy mavsum “Monako” tarkibida Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan Bernardu Silva rasman “Manchester Siti” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Shaharliklar” matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra Silva jamoada 20-raqamda o‘ynaydi. Uning transferi esa “Manchester Siti”ga 49 mln evroga tushdi. Ammo, futbolch bilan qancha muddatga shartnoma imzolangani hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum “Monako” safida jami 58ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
“Monako” futbolchilari chempionlikni antiqa tarzda nishonladi (Foto)>>>
Fikrlar