Ravshan Ermatov Oliy Liga ilk turida mas’uliyatli o‘yinni boshqarib boradi
Futbol muxlislari orziqib kutgan kunlar yaqinlashmoqda. 3 mart, shanba kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda Oliy liga-2017 ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni qo‘qonliklar Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.
Mazkur uchrashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi, ikkalasi ham Toshkent shahridan. Uchrashuvda zahira hakami sifatida A.Ergashev ishlaydi. Hakamlar ishini Alisher Abdullaev nazorat qiladi.
Uchrashuvga PFL vakili sifatida Aleksandr Frolov tashrif buyuradi.

O‘zPFL. Oliy Liga, 1-tur
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Nasaf” (Qarshi)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Ahmad Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov (Toshkent).

Fikrlar