Ravshanbek Umurzoqov 22 fevral kuni jang qiladi

  • 09.02.2019 12:37
  • 0
  • Boks

Rossiya boks federatsiyasi joriy yilning 22 fevral kuni Ekaterinburg shahrida professional charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida navbatdashi musobaqani tashkil qiladi.

Mazkur jangda mamlakatimiz sharafini Ravshanbek Umurzoqov (6-0-0) himoya qiladi. U o‘zining ettinchi jangini filippinlik bokschi Rimar Metudaga (12-4-1) qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv 8 raund davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshanbek so‘nggi marta o‘tgan yili noyabr oyida venesuelalik Keli Figueroani (12-2-3) nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!