
“Real” Alonsoni tarkibga qo‘shib olmoqchi
“Real” klubi yozgi transferlar mavsumi yopilguncha “Chelsi” chap qanot himoyachisi Markos Alonsoni tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
27 yoshli futbolchi 2009-2010 yillarda Madrid klubida faoliyat olib borgan va asosiy tarkibda atigi bir marta maydonga tushgan.
Ispaniyalik futbolchi “Chelsi”ga 2016 yil yozda “Fiorentina”dan 23 million evro evaziga o‘tgan. 2017/18 mavsumda Alonso barcha turnirlarda 46 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar