"Real" "Atletiko" futbolchisi sotib olib, uni ijaraga berib yubormoqchi

  • 6 iyun, 2017, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi rahbariyati “Atletiko”ning 19 yoshli himoyachisi Teo Ernandesni sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlash kerakki, tomonlar bu borada o‘tgan oydayoq kelishuvga erishishgan edi. Biroq, haligacha shartnoma rasman imzolanganicha yo‘q.

Dastlabki kelishuvga ko‘ra “Real” Ernandes bilan besh yillik shartnoma imzolashi va uning transferi uchun 30 mln evro to‘lashi kerak edi. Bundan tashqari, Teoning o‘zi bu vaqt ichida “qirollik klubi”dan 35 mln evro ishlab topishi mumkin.

Agar, “Real” Ernandesni sotib olsa, uni yangi mavsumda boshqa bir jamoaga ijaraga berib yuborishi mumkin. Chunki, u bo‘lajak mavsumda “qirollik klubi”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmaslik ehtimoli bor.

Pepe: Menga Angliyadan takliflar bo‘lmoqda 

EChLda mavsumning eng chiroyli goli aniqlandi (Video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!