"Real" Azarni o‘z rejalari bilan tanishtirdi

  • 20.01.2019 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi mavsum yakunlangach "Chelsi" vingeri Eden Azarni sotib olishga urunib ko‘radi.

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” vakillari 28 yoshli belgiyalik futbolchi bilan bu borada aloqaga chiqishgan va uni o‘z rejalari bilan tanishtirishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” o‘tgan yoz ham Azarni sotib olishga urunib ko‘rgan edi.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt tadqini bo‘yicha esa uning narxi 150 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!