"Real" Diasga juda katta tovon puli belgiladi

  • 09.01.2019 19:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yaqindagina “Manchester Siti”dan xarid qilgan futbolchisi Braim Diasga juda katta tovon puli belgilab qo‘ydi.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 19 yoshli ispaniyalik futbolchining shartnomasida tovon pulini 750 mln evro etib belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Diasning transferi uchun “Manchester Siti”ga 17,3 million evro to‘ladi. Uning o‘zi bilan esa 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!