"Real" Iskoga qanday shart qo‘ydi?
Madridning "Real" klubi o‘z etakchilaridan biri hisoblangan Isko bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda ABC nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar 26 yoshli ispaniyalik futbolchi tez orada o‘zining avvalgi o‘yinlarini namoyish qilmasa, “qirollik klubi” uni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Iskoga PSJ, “Yuventus” va “Manchester Siti” klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Real” esa uning transferini 100 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar