
“Real” Kurtua borasida “Chelsi” bilan kelishuvga erishdi
Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Tibo Kurtua tez orada “Real”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha “qirollik klubi” 26 yoshli belgiyalik posbon uchun “aristokratlar”ga 35 mln evro to‘laydi. Kurtua esa “Real” bilan kamida 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Kurtua yakunlangan mavsum Angliya premer-ligasida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, shularning 15tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.
Eslatib o‘tamiz, Kurtua kuni kecha yakuniga etgan JCh-2018da “Oltin qo‘lqop” sovriniga ham loyiq ko‘rilgan edi.
Fikrlar