
"Real" Mbappeni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda
Madridning “Real” klubi 200 million evro deya baholanayotgan “Monako” hujumchisi Kilian Mbappeni yozgi transferlar yakuniga qadar o‘z safiga qo‘shib olishga shubha qilmayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 18 yoshli frantsiyalik forvard va uning otasi bilan allaqachon kelishib olgan. Keyinroq esa Mbappening o‘zi ham “Real”da o‘ynash istagi borligi haqida e’lon qildi.
14 yoshidayoq “Real”ning Valdebebasedagi bazasida bo‘lgan futbolchiga shaxsan madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o‘zi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari Mbappeni quvontiradigan holat shuki, jamoada Karim Benzema, Rafael Varan va Teo Ernandes kabi hamyurtlari to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi a’zosiga shuningdek “Barselona” hamda “Manchester Siti” klublari ham jiddiy qiziqish bildirishayotgan edi.
Fikrlar