"Real" Pyanichning transfer narxini 80 mln evroga ko‘tardi
“Real” klubi yozgi transferlar mavsumida “Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanichni tarkibga qo‘shib olish fikridan qaytmayotir.
“Atletiko”ga qarshi UEFA superkubogi bahsidagi mag‘lubiyatdan so‘ng “qirollik klubi” bosniyalik futbolchining transfer narxini 80 million evrogacha ko‘tardi.
O‘z navbatida turinlar 28 yoshli futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas va bundan tashqari uning uchun 100 milliondan kamiga sotmoqchi emas.
Avvalroq “Yuventus” “Real”ning Pyanich transferi borasida yubrgan 60 million evrolik taklifini rad qilgan.
Fikrlar